Huawei 1
Falastin rahbariyati Isroilning G‘azo shimolida bufer zona yaratish rejasini nomaqbul deb atadi

Falastin rahbariyati Isroil hukumatining G‘azo sektori shimoliy qismida, go‘yoki falastinliklarga gumanitar yordam yetkazish va tarqatish uchun bufer zona yaratish bo‘yicha har qanday g‘oya va rejalarini qabul qilib bo‘lmaydi, deb hisoblaydi. Bu haqda Falastin milliy maʼmuriyati rasmiy vakili Nabil Abu Rudeyna bayonot berdi.

“Isroilning G‘azo shimolida va Jabaliya hududida bufer zona deb ataluvchi hudud yaratish rejalari falastinliklar tomonidan butunlay rad etiladi va qabul qilib bo‘lmaydigan holat sifatida baholanadi. Bu reja G‘azo sektori Falastin davlatining ajralmas qismi ekanligini tasdiqlovchi barcha xalqaro qonunlarni buzadi”, dedi Rudeyna. 

Uning qo‘shimcha qilishicha, G‘azoning kelajagini belgilovchi har qanday rejalar yoki mintaqa aholisiga yordam taqsimoti faqat Falastin tomonidan va BMTning Yaqin Sharqdagi Falastinlik qochqinlarga yordam ko‘rsatish agentligi (UNRWA) yoki boshqa xalqaro gumanitar tashkilotlar orqali amalga oshirilishi mumkin. 

WAFA agentligi maʼlumotlariga ko‘ra, yahudiy davlati hozirda Falastin anklavining shimoliy qismida va Jabaliya qochqinlar lageri yaqinida bufer zona yaratish rejasini ishlab chiqmoqda, bu esa mintaqaga gumanitar yordamni bemalol yetkazish imkonini beradi. Yordamni yetkazib berish, Isroil tomoniga ko‘ra, chet eldan moliyalashtirilgan Amerika xavfsizlik kompaniyasi tomonidan amalga oshirilishi kerak.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 112120 | Инструменты