Huawei 1
“Forbes” jurnali AQShning 400 ta eng boy biznesmenlarini e’lon qildi

“Forbes” jurnali AQShning 400 ta eng boy biznesmenlarini e’lon qildi. Unga ko‘ra Ilon Mask birinchi marta “Forbes USA” reytingida roʻyxatda birinchi oʻrinni egalladi.

Maskning boyligi ro‘yxatga kiritilgan vaqtda $251 mlrdga baholangan. Bu o‘tgan yilgidan ($190,5 mlrd) $60,5 mlrdga (32%) ko‘pdir.

Ilon Mask to‘rt yil davomida ro‘yxat yetakchisi bo‘lgan “Amazon” asoschisi Jeff Bezosni birinchi o‘rindan olib tashladi. Endi tadbirkor eng badavlat amerikaliklar ro‘yxatida ikkinchi o‘rinni egallab turibdi.

“Forbes USA” uning boyligini $151 mlrd.ga baholagan, bu o‘tgan yilgi reytingni tuzish paytidagidan ($201 mlrd) $50 mlrd (25%ga) kamdir.

Bezosning boyligi “Amazon” aksiyalari qiymatining 20%dan ko‘proqqa tushib ketgani tufayli kamaydi.

“Microsoft” asoschisi Bill Geytsning boyligi $106 mlrdga, “Oracle” asoschisi Larri Ellisonning boyligi $101 mlrdga baholangan. Kuchli beshlikni Uorren Baffet $97 mlrd bilan yakunladi.

Eng boy 10 ta biznesmen:

1. Ilon Mask - “Tesla”, “SpaceX” - $251 mlrd.

2. Jeff Bezos - “Amazon” - $151 mlrd.

3. Bill Geyts - “Microsoft” - $106 mlrd.

4. Larri Ellison - “Oracle” - $101 mlrd.

5. Uorren Baffet - “Berkshire Hathaway” - $97 mlrd.

6. Larri Peyj - “Google” - $93 mlrd.

7. Sergey Brin - “Google” - $89 mlrd.

8. Stiv Ballmer - “Microsoft” - $83 mlrd.

9. Maykl Blumberg - “Bloomberg LP” - $76,8 mlrd.

10. Jim Uolton - “Walmart” - $57,9 mlrd.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 92903 | Инструменты