Huawei 1
Frankfurt aeroporti atrof-muhit faollarining bostirib kirishi sababli faoliyatini to'xtatdi

Germaniyadagi eng yirik Frankfurt aeroportidaga ekologik faollar kirib kelgani sababli parvozlar to‘xtatildi. Bu haqda X ijtimoiy tarmog‘idagi bayonotda ma'lum qilindi.

"Aeroportda davom etayotgan namoyish tufayli hozirda parvozlar toʻxtatilgan. Yo‘lovchilardan hozircha aeroportga kelmaslik so‘raladi", deyiladi matbuot xizmati xabarida.

Letzte Generation harakatining olti nafar aʼzosi uchish-qoʻnish yoʻlagiga kirib, u yerda norozilik namoyishini oʻtkazdi. Ular o‘z bayonotida Germaniya hukumatini “2030-yilgacha neft, gaz va ko‘mirdan butunlay voz kechishni tartibga soluvchi yuridik jihatdan majburiy bo‘lgan xalqaro shartnomani shakllantirish va imzolashga yordam berish”ga chaqirmoqda. 

Eslatib o'tamiz, Germaniyada mart oyi boshida atrof-muhit faollari podstansiyaga o‘t qo‘ygan edi. Voqea tufayli Erkner shahri bilan aloqa uzilgan. Bundan tashqari, Berlinning ikkita hududi va Tesla zavodi elektr energiyasiz qoldi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 90718 | Инструменты