Isroil Bosh vaziri Benyamin Netanyaxu Rim statutini ratifikatsiya qilmagani uchun davlat rahbari daxlsizligiga ega. Shu sababli, Fransiya Xalqaro Jinoyat Sudi (XJS) uni hibsga olish haqidagi orderini bajara olmaydi, dedi Fransiya Tashqi ishlar vazirligi. Janob Netanyaxuni hibsga olish orderi XJS Sudgacha bo‘lgan palatasi tomonidan 21-noyabr kuni chiqarilgan.
“Fransiya va Isroilni, qonun ustuvorligi va professional va mustaqil adliya tizimini hurmat qilishga sodiq boʻlgan ikki demokratik davlatni bogʻlab turgan tarixiy doʻstlikka muvofiq, Fransiya Bosh vazir Netanyaxu bilan yaqin hamkorlikni davom ettirish niyatida”, — deyiladi Fransiya TIV xabarida.
Janob Netanyaxuni hibsga olish orderi bilan bir qatorda XJS Isroilning sobiq mudofaa vaziri Yoav Galantni hibsga olishga order berdi. XJS bunday qarorni 2023-yil 8-oktabrdan 2024-yil 20-maygacha sodir etilgan “insoniyatga qarshi jinoyatlar va urush jinoyatlari” tufayli qabul qildi. Gap G‘azo sektorida ehtimoliy harbiy jinoyatlar haqida ketmoqda.
Xalqaro jinoiy sud 120 ga yaqin davlat tomonidan imzolangan Rim statutiga asoslanadi. Sudning yurisdiksiyasi Rossiya, AQSh, Xitoy, Isroil va boshqa ko'plab davlatlar tomonidan tan olinmagan.
Alpha version: 0.9.1.19 build 112813 | Инструменты