Huawei 1
Farg‘onada avtobusni majburan to‘xtatgan shaxs 5 sutkaga qamaldi

Farg‘ona shahrida avtobusni majburan to‘xtatib, jamoat tartibini buzgan shaxs 5 sutkaga qamaldi. Bu haqda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi xabar berdi.

Qayd etilishicha, joriy yilning 19 noyabr kuni huquqbuzar Sh.E. jamiyatda yurish-turish qoidalarini mensimasdan, hech bir sababsiz Farg‘ona shahar A.Navoiy ko‘chasida harakatlanib ketayotgan avtobusni majburan to‘xtatgan va haydovchini uyatli so‘zlar bilan so‘kib, avtobus ichidagi fuqarolarning tinchligi va osoyishtaligini buzgan holda mayda bezorilik sodir etgan.

Sud  Sh.E.ni ushbu harakatlari bilan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 183-moddasida (Mayda bezorilik) nazarda tutilgan huquqbuzarliklarni sodir etgan deb topib, unga nisbatan 5 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlagan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 112815 | Инструменты