Ishga qabul qilish bo‘yicha ekspert, “Migrant-Servis” platformasi direktori Andrey Kladovning URA.RU’ga aytishicha, 2024-yilda bir million migrant Rossiyani tark etgan.
“Chet ellik ishchilarning ketishi aniq. Yanvar-sentyabr oylarida bir millionga yaqin odam mamlakatni tark etdi”, — dedi Kladov.
Uning qo‘shimcha qilishicha, Rossiya Federatsiyasidan asosan O‘zbekiston, Tojikiston va Qirg‘iziston fuqarolari chiqib ketgan.
Kladovning so‘zlariga ko‘ra, hozirda har bir migrantga 10 ta bo‘sh ish o‘rni to‘g‘ri keladi, biroq ish haqining oshishi ham xorijliklarni to‘xtata olmaydi. Shunday qilib, 2024-yil boshida xorijliklar ishlab chiqarishda o'rtacha 105 ming rubl, yozgacha esa 150 ming rubl daromad olishdi. Ayniqsa, quruvchilar va kuryerlar uchun ish haqi oshdi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 112815 | Инструменты