Huawei 1
Navoiyda hamshira bosh shifokorni “shantaj” qilib, boshini urib yorgani aytildi

Avvalroq, Navoiy viloyatida bosh shifokor hamshirani o‘lasi qilib kaltaklagani haqida xabar berilgandi. Holat yuzasidan Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov ma'lumot berdi.

Ma’lum qilishicha, joriy yilning 25 noyabr kuni soat 12:00 larda viloyat Nogironligi bo‘lgan shaxslarni reabilitatsiya qilish va protezlash markazi hamshirasi 38 yoshli M.N. bemorlarning  kasallik tarixi varaqalarini reabilitatsiya markazi bosh shifokori 57 yoshli erkak B.I.ning xizmat xonasiga olib kirgan. Hamshira bosh shifokor bilan o‘rtalarida oldindan davom etib kelayotgan kelishmovchilik, ya’ni joriy yilning avgust oyida “oylik  ish haqining 30 foizi miqdorida jarima” intizomiy jazosi qo‘llanilganidan norozi bo‘lib, unga muammo yaratib berish va lavozimidan  oldirishini aytib, xizmat xonasidagi stol ustida bo‘lgan kanselyariya buyumlarini saqlash uchun mo‘ljallangan idish (ruchka solishga mo‘ljallangan kubsimon qirrali plastik idish) bilan o‘zining bosh sohasining chap chakka qismiga bir necha marotaba urib, o‘ziga o‘zi tan jarohati yetkazgan. Shundan so‘ng boshidan oqqan qonni yuz sohasi hamda egnida bo‘lgan kiyimlariga ishqalab, shifokorni xizmat xonasidan chiqishiga to‘sqinlik qilgan.

Bu vaqtda bosh shifokor xizmat xonasidagi chaqiruv tugmasini bosib, yordamga markazda ishlovchi xodimlarini chaqirgan. Ularning yordami bilan hamshirani xizmat xonasidan chiqargan.

Hamshiraning ko‘rsatmasiga ko‘ra, u tibbiy kartalarni imzo va muhr qo‘ydirish uchun bosh shifokor xonasiga kirgan. Bosh shifokor uning salomiga alik olmasdan, tibbiy hujjatlarning kamchiliklarini ko‘rsatib va jahl qilib, qabuliga kirishdan avval hujjatlarni to‘g‘rilashi lozimligini aytgan. Shunda u rahbariga “meni tinch qo‘yasizmi, yo‘qmi” deb aytgan. Bu gapga javoban bosh shifokor “menga gap qaytaryapsanmi” deb stol ustidagi qalamdon bilan uning o‘ng chakkasiga urgan. Shunda hamshira go‘yoki I.B.ni xonadan chiqib ketish yo‘lini gavdasi bilan to‘sib, “102” xizmatiga qo‘ng‘iroq qilgan va bo‘lgan holatni xabar qilgan. I.B. esa uni itarib, xonadan chiqib ketgan.

Holat yuzasidan shahar Ichki ishlar boshqarmasi 1-sonli IIB tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari o‘tkazilmoqda. Tergovga qadar tekshiruv davomida hodisa joyi ko‘zdan kechirilgan, holatga guvoh bo‘lgan hamshiralar va boshqalardan tushuntirish xatlari olingan, hamshira va bosh shifokorning tan jarohatlari yuzasidan sud-tibbiy ekspertizasi tayinlangan, hodisa joyidan protsessual tartibda olingan buyumlar barmoq izlarini olish va sud-daktiloskopiya ekspertizasi o‘tkazish uchun shahar IIBga yuborilgan. Tergovga qadar tekshiruv davom ettirilmoqda.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 112815 | Инструменты