Nemis rejissyori Edvard Bergerning yozuvchi Erix Mariya Remarkning shu nomli romani asosida suratga olingan “G’arbiy frontda o’zgarish yo’q” jangovar dramasi Buyuk Britaniya kino va televizion san'ati akademiyasining (BAFTA) yettita yo’nalishi bo’yicha taqdirlandi.
Taqdirlash marosimi kecha, 19-fevral kuni Londondagi Royal Festival Hall zalida bo’lib o’tdi.
Kinokartinaga “Xorijiy tildagi eng yaxshi film”, “Eng yaxshi moslashtirilgan ssenariy”, “Eng yaxshi ovoz”, “Eng yaxshi film musiqasi” va “Eng yaxshi operatorlik ishi” nominatsiyalari bo’yicha mukofotlar topshirildi. Edvard Berger esa "Eng yaxshi rejissyor" mukofotini qo'lga kiritdi.
Bu yil “G’arbiy frontda o’zgarish yo’q” filmi BAFTA nominatsiyalarida yetakchilik qildi va 14 ta toifa uchun kurash olib bordi. Bu BAFTA tarixida ko’plab nominatsiyalarga ega bo’lgan ikkinchi xorijiy filmdir. Avvalgi rekordchi - Ang Lining “Sirli yo’lbars: Yashirin Ajdar” filmi ham 2001-yilda 14 nominatsiya bo’yicha nomzod bo’lgan edi.
Ma’lumot o’rnida, “G’arbiy frontda o’zgarish yo’q” – shu nomdagi romanning Germaniyada suratga olingan birinchi filmi hisoblanadi. Kartina Kino san’ati va fanlari akademiyasi (Oskar) tomonidan “Xorijiy tildagi eng yaxshi film” nominatsiyasi ro’yxatiga kiritilgan. “Oskar” mukofoti bo’yicha g’oliblarni taqdirlash marosimi 12-mart kuni bo’lib o’tadi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 52511 | Инструменты