Germaniya Mudofaa vazirligi rahbari e’lon qilinmagan tashrif bilan Ukrainaga keldi

Germaniya mudofaa vaziri Boris Pistorius e’lon qilinmagan tashrif bilan Ukraina poytaxti Kiyevga keldi, deb xabar bermoqda Frankfurter Allgemeine Zeitung (FAZ) gazetasi. Nashr maʼlumotlariga koʻra, bugun u ukrainalik hamkasbi Rustem Umerov va mamlakat prezidenti Vladimir Zelenskiy bilan uchrashishni rejalashtirgan.

FAZ xabariga ko'ra, Boris Pistorius Ukraina prezidenti va Mudofaa vazirligi rahbari bilan muzokaralardan tashqari Kiyev markazidagi Maydan maydoniga gul qo‘yish marosimida ham ishtirok etadi va harbiy tayyorgarlik markaziga tashrif buyuradi.

Bu Boris Pistoriusning Germaniya mudofaa vaziri lavozimini egallaganidan keyin Kiyevga ikkinchi tashrifidir. Pistorius oxirgi marta Kiyevga 2023-yil 7-fevralda tashrif buyurgan. 

Kecha, 20-noyabr kuni AQSh Mudofaa vaziri Lloyd Ostin Ukraina rasmiylari bilan uchrashish uchun Kiyevga keldi. Vladimir Zelenskiy bilan uchrashuvdan so‘ng Ostin Ukrainaga qo‘shimcha 100 million dollarlik harbiy yordam paketi ajratilishini e’lon qildi, u havo hujumidan mudofaa tizimlari uchun tankga qarshi qurollar va raketalarni o‘z ichiga oladi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 72710 | Инструменты