Huawei 2
Google Isroil hukumati bilan tuzilgan shartnomaga norozilik bildirgan xodimlarini ishdan bo'shatdi

Amerika matbuoti xabarlariga ko'ra, Google rahbariyati kompaniyaning Isroil hukumati bilan yirik shartnomasiga faol qarshilik ko'rsatgan 28 nafar xodimni ishdan bo'shatgan

1,2 milliard dollarlik shartnoma Isroil hukumati uchun Amazon bilan birgalikda bulutli maʼlumotlarni saqlash va qayta ishlash xizmatlarini taqdim etishni oʻz ichiga oladi. Shartnoma Google’ning Nyu-York va Kaliforniyadagi ikkita ofisida noroziliklarga sabab bo‘ldi, u yerda bir qancha xodimlar namoyish uyushtirishdi. Ularning aytishicha, shartnoma Isroil rasmiylariga, xususan, mamlakat armiyasiga "genotsid siyosatini olib borishda" yordam beradi va Isroilning Falastindagi HAMAS harakati bilan davom etayotgan harbiy mojarosiga ishora qiladi. 

Amerika OAVlari qo‘lga kiritgan Google kompaniyasining ichki buyrug‘iga ko'ra, kompaniya rahbariyati norozilik namoyishlari chog‘ida “orgtexnika vositalariga zarar yetkazgan, boshqa xodimlarning ishiga aralashgan va ularning xavfsizligiga tahdid solgan 28 nafar xodimni ishdan bo‘shatgan... Bunday harakatlarni to'xtatishdan bosh tortganlar militsiya xodimlari tomonidan qo‘lga olinib, ishxonadan chetlashtirilgan. Ichki tekshiruv natijalariga ko‘ra, xatti-harakatlari mehnat shartnomasi va ish joyidagi ichki o‘zini tutish qoidalariga qo‘pol zid bo‘lgan 28 nafar xodimni ishdan bo‘shatish to‘g‘risida qaror qabul qilingan”.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga