Huawei 1
Grenlandiya bosh vaziri Trampning orolni AQSHga sotish g‘oyasini rad etdi

Grenlandiya bosh vaziri Mute Egede AQShning yangi aylangan prezidenti Donald Trampning orolga Vashington tomonidan “egalik va nazorat qilish” zarurligi haqidagi so‘zlariga javob qaytardi. OAV 23-dekabr, dushanba kuni uning so‘zlaridan iqtibos keltirdi: “Grenlandiya Grenlandiya xalqiga tegishli".

Egede shunday qo‘shimcha qildi: "Biz sotmaymiz va sotilmaymiz. Ozodlik uchun uzoq davom etgan kurashimizni boy bermasligimiz kerak". Shu bilan birga, siyosatchi Grenlandiya "butun dunyo, ayniqsa qo‘shnilar bilan hamkorlik va savdo qilish uchun" ochiq qolishi kerakligini taʼkidladi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 61001 | Инструменты