Huawei 1
Grenlandiyadagi muzliklarning erishi okeanlar sathining keskin ko‘tarilishiga olib kelishi mumkin — olimlar

Grenlandiyadagi 110 trillion tonna muzliklarning erishi tufayli dunyo okeanlari sathi kamida 27 santimetrga ko‘tariladi. Bu haqda Britaniyaning Guardian nashri Daniya va Grenlandiya geologik xizmatiga tayanib xabar bermoqda.

Tadqiqotlarga ko‘ra, keyingi 100-150 yil ichida Grenlandiya muzliklarining erishi natijasida okeanlar sathining ko‘tarilishi kuzatiladi.

Ma’lum qilinishicha, olimlar 2000 — 2019-yillarda muzliklarning holatini tahlil qilgan. Mutaxassislarning bashorat qilishicha, atmosferaga karbonat angidrid chiqindilari kamaymasa, muzliklarning tez erishi dunyo okeanlari sathining 78 santimetrga ko‘tarilishiga olib keladi.

Avvalroq, NASA 1997-yildan buyon Antarktidaning muz massasi ilgari taxmin qilinganidan ikki baravar kamaygani haqida xabar bergan edi, deyiladi aif.ru saytida.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 102210 | Инструменты