Gruziyadagi hukmron “Gruziya orzusi” partiyasidan sobiq futbolchi Mixail Kavelashvili prezidentlikka nomzod bo‘ldi. Bu haqda partiyaning faxriy raisi Bidzina Ivanishvili ma’lum qildi.
“Gruziya orzusi” partiyasi siyosiy kengashi qaroriga ko‘ra, Mixail Kavelashvilining nomzodi Gruziya prezidenti lavozimiga ko‘rsatilayotganini ma’lum qilishdan mamnunman”, deydi Ivanishvili.
Mixail Kavelashvili Tbilisining “Dinamo”, “Alaniya Vladikavkaz”, “Manchester Siti”, “ Grassxoppera”, “Syurix” va “Lyusern” klublarida o‘ynagan.
Gruziya parlamenti raisi Shalva Papuashvili deputatlarga navbatdagi prezidentlik saylovlarini 14 dekabrda, inauguratsiya marosimini esa 29 dekabrda o‘tkazishni taklif qildi. Saylovning ikkinchi bosqichi, agar kerak bo‘lsa, xuddi shu kuni bo‘lib o‘tadi.
Salome Zurabishvili Gruziyaning to‘g‘ridan to‘g‘ri saylangan oxirgi prezidentidir.
Birinchi marta davlat rahbarini aholi emas, saylovchilar kollegiyasi tanlaydi. U 300 a’zodan, shu jumladan Gruziya parlamentining barcha a’zolaridan hamda Abxaziya va Ajariya avtonom respublikalarining oliy vakillik organlaridan iborat.
Alpha version: 0.9.1.19 build 112720 | Инструменты