Huawei 1
Gruziyada yevropaparast namoyishchilarning hukumatga qarshi namoyishlari davom etmoqda

Gruziya hukumatining Yevropa Ittifoqiga aʼzo boʻlish boʻyicha muzokaralarni 2028-yilgacha toʻxtatib qoʻyish qaroriga qarshi namoyishlar 22-kundirki davom etmoqda.

Gruziya Bosh vaziri Irakliy Kobaxidzening Yevropa Ittifoqiga aʼzo boʻlish boʻyicha muzokaralar kelasi toʻrt yil davomida oʻtkazilmasligi haqidagi bayonotiga javoban 28-noyabr kuni boshlangan namoyishlar tinimsiz davom etmoqda.

Namoyishchilar kechasi yana poytaxt Tbilisi ko‘chalariga chiqib, hukumat harakatlaridan noroziligini bildirishdi.

Parlament binosi oldiga yig‘ilgan namoyishchilar hukumatga qarshi shiorlar aytib, yangi parlament saylovlari o‘tkazilishini talab qilishdi. Namoyish yarim tungacha davom etdi.

Namoyishchilar Gruziya, Yevropa Ittifoqi, Ukraina va AQSh bayroqlarini ushlab turishgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSh va Buyuk Britaniya ba’zi Gruziya rasmiylariga nisbatan sanksiyalar joriy etishga qaror qilgan edi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 122218 | Инструменты