Gvineyaning ikkinchi yirik shahri Nzerekoreda futbol o‘yinida muxlislar o‘rtasidagi to‘qnashuvda yuzga yaqin odam halok bo‘ldi. Bu haqda Barron’s anonim manbalarga tayanib xabar berdi.
Shifokorlardan birining so‘zlariga ko‘ra, 100 ga yaqin odam halok bo‘lgan, jasadlar mahalliy shifoxona va o‘likxonani to‘ldirgan.
“Kasalxonada jasadlar to‘lib ketgan. Ba’zilari koridorlarda murdalar yerga yotqizilgan. O‘likxonalar to‘lgan”, deya izoh berdi u.
Ma’lumotlarga ko’ra, voqeaga hakamning qizil kartochka ko‘rsatgani, keyinroq esa jamoalardan birining darvozasiga penalti belgilagani sabab bo‘lgan. Shundan so‘ng muxlislar o‘rtasida mushtlashuv sodir bo‘lgan.
Politsiya ularni ajratish uchun ko‘zdan yosh oqizuvchi gaz ishlatgan. Undan qochmoqchi bo‘lgan muxlislar stadiondan qochishga shoshilgan, oqibatda chiqish joylarida tirbandlik paydo bo‘lgan. Ko'pchilik bo‘g‘ilishdan yoki tashqariga chiqishga urinayotganda stadion devoridan yiqilish sabab halok bo‘lgan.
Ushbu o‘yin Gvineyadagi isyonchilar yetakchisi polkovnik Mamadi Doumbuya sharafiga o‘tkazilgan turnir doirasida sodir bo‘lgan.
Alpha version: 0.9.1.19 build 120215 | Инструменты