Huawei 1
HAMAS Isroil bilan tinchlik kelishuviga rozi bo‘ldi

Falastinning HAMAS harakati Siyosiy byurosi rahbari Ismoil Honiya G‘azo sektorida sulh tuzish taklifini qabul qilishga tayyorligini ma’lum qildi. Bu haqda u Qatar bosh vaziri Muhammad bin Abdulrahmon bin Josim Ol Tani va Misr Bosh razvedka xizmati rahbari Abbos Komil bilan telefon orqali suhbatda ma’lum qildi. Qatar va Misr HAMAS hamda Isroil o'rtasidagi muzokaralarda vositachi bo'lib ishlaydi. 

“Ularga HAMAS harakati o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha kelishuv bo‘yicha takliflarini ma’qullagani haqida gapirib berdim”, — deyiladi HAMAS Telegram kanalida.

Bundan sal oldin The Times of Israel nashri Isroil armiyasi Rafah shahrining sharqiy mintaqasida evakuatsiya qilishga chaqiruvchi varaqalar tarqata boshlagani haqida xabar bergan edi. Isroil G‘azo sektorining janubida joylashgan shaharda harbiy amaliyot o‘tkazmoqchi. Isroilning g'arbiy ittifoqchilari uni shahardagi harbiy operatsiyadan qaytardilar. Rafah butun sektordan taxminan bir million qochqinni qabul qiladi.

Kelishuv, shuningdek, HAMAS jangarilari tomonidan garovga olinganlarni falastinlik mahbuslarga almashtirishni ham o‘z ichiga oladi.

AQSh Milliy xavfsizlik kengashining strategik aloqalar bo'yicha koordinatori Jon Kirbi kelishuv Rafah operatsiyasini kechiktirishini taxmin qildi. Biroq Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu 30-aprel kuni operatsiya HAMAS bilan garovga olinganlarni ozod qilish bo‘yicha muzokaralar natijasiga bog‘liq emasligini aytdi.

Isroil va HAMAS o'rtasida sulh bo'yicha muzokaralar bir necha oydan beri davom etmoqda. Isroil rahbariyati urush qurbonlari sonini 1,4 ming kishi deb hisoblasa, G‘azo Sog‘liqni saqlash vazirligi 34 mingdan ortiq halok bo‘lganini e’lon qildi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga