Amerikalik olimlar tasodifan energiyasiz ishlaydigan va havodan suv yig‘a oladigan yangi materialni ixtiro qilishdi. U Pensilvaniya universitetida tajribalar davomida kutilmagan tarzda kashf etildi.
Material ikki xil xususiyatga ega: gidrofilik (suvni tortuvchi) teshiklar havodagi namlikni tortib oladi, gidrofobik (suvni itaruvchi) qismi esa suvni tashqi yuzaga chiqaradi. Bu orqali suv tomchilari hosil bo‘ladi va ular bug‘lanmasdan yig‘ilib boradi.
Olimlar bu oddiy polimer va nanozarrachalardan iborat materialni kelajakda cho‘llarda suv yig‘ish, elektron qurilmalarni sovitish va "aqlli" qoplamalar yaratishda ishlatish mumkinligini aytishmoqda. Hozirda ularni ommaviy ishlab chiqarishga tayyorlash ishlari davom etmoqda.
Alpha version: 0.9.1.19 build 52319 | Инструменты