Huawei 1
Hindiston Pokiston samolyotlari uchun havo makonini yopdi

Hindiston Pokistonda ro‘yxatdan o‘tgan samolyotlar uchun havo makonini yopmoqda. Cheklovlar 30 apreldan kuchga kirdi va 23 mayga qadar amalda bo‘ladi.

India TV’ga ko‘ra, Pokiston samolyotlari uchun havo makonining yopilishi to‘g‘risida NOTAM uchuvchilari uchun mo‘ljallangan aviatsiya xabarnomasida so‘z boradi. Telekanalning aniqlik kiritishicha, Hindiston hukumati bu qarorni Pokiston bilan munosabatlarning keskinlashuvi fonida qabul qilgan.

Pokiston tomoni Hindiston samolyotlari uchun o‘z havo makonini 24 aprelda yopgan edi. Mamlakat hukumati, shuningdek, 2 mayga qadar ikki yirik shahar — Islomobod va Lahor ustidan barcha turdagi havo kemalari uchib o‘tishini cheklagan.

Hindiston va Pokiston o‘rtasidagi munosabatlar urush yoqasiga kelib qolgan. 22 aprel kuni Hindistonning Jammu va Kashmir shtatidagi sayyohlar orasida mashhur bo‘lgan Paxalgam shahrida qurollangan jangarilar 26 kishini o‘ldirdi. Ushbu terakt uchun Kashmirning Pokiston nazorati ostidagi hududida joylashgan jangarilar guruhi javobgarlikni o‘z zimmasiga oldi. Hindiston hukumati hodisa yuzasidan qisman aybni Pokistonga yukladi. Shundan so‘ng Hindiston Pokiston bilan chegarani yopdi va Pokiston fuqarolaridan mamlakatni tark etishni talab qildi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 50113 | Инструменты