Hindistonda uyma-uy yurib virusga qarshi test olishmoqda

Hindiston hukumati chorshanba kuni koronavirusga qarshi testlarni joriy qilish qoidalarini qayta ko'rib chiqdi. Bu esa infeksiyning jadal tarqalishi sharoitida test markazlarining unumdorligini oshirishi mumkin.

Hindistonda COVID-19 kasalliklarining soni allaqachon 20 milliondan oshib ketdi, qo’shni Nepalda esa pandemiya boshlanganidan beri eng yuqori kunlik infeksiya va o'lim holatlari qayd etildi.

Hindistonda kuniga o’rtacha 350,000 dan ortiq kasallik holatlari tasdiqlanmoqda.

Kuni kecha esa ikkita anti rekord qayd etildi.

Bir kun ichida 412,200 nafar fuqaro koronavirusni yuqtirdi, 3,980 nafar odam esa virus qurboniga aylandi.

Hozirgi vaqtda shifoxona yotoqlar, tibbiy kislorod va zarur dori-darmonlarning yetishmasligi bilan bog'liq muammolarni bartaraf etish uchun kurashmoqda. Shifokorlar hatto uyma-uy yurib virusga qarshi test qabul qilishayotganini aytishdi.

Dori-darmon yetishmovchiligi tufayli mamlakatning ilg'or tibbiy xodimlari o'z hayotlarini xavf ostiga qo'yib, har kuni katta jismoniy va psixologik bosimlarga duch kelishmoqda.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 50419 | Инструменты