Huawei 1
Ilon Mask sayyoradagi eng boy odamlarning birinchi qatoriga qaytdi — Bloomberg

Tesla va SpaceX kompaniyalariga rahbarlik qiluvchi hamda Twitter egasi Ilon Mask 27-fevral, dushanba kuni yana Bloombergning dunyoning eng boy odamlari ro‘yxatida birinchi o‘rinni egalladi

Agentlik ma'lumotlariga ko'ra, Maskning boyligi taxminan 187,1 milliard dollarni tashkil qiladi.

Ta'kidlanishicha, Maskning aktivlari Tesla aksiyalari narxining qariyb 70 foizga oshishi hisobiga oshdi. Kompaniya, shuningdek, bir nechta modellar narxini pasaytirgandan so'ng, elektromobillarga bo'lgan talabning ortishidan ham foyda ko'rdi.

Maskning boyligi 2021-yil 4-noyabrda 340 milliard dollarga yetdi va dekabr oyida Bernard Arnodan o‘zib ketguniga qadar u dunyodagi eng boy odam bo‘lib qoldi.

Eslatib o'tamiz, 2022-yil oxirida Forbes talqini bo'yicha dunyoning eng boy odamlari ro'yxatida birinchi o'rinni Tesla egasi Ilon Maskdan oldinda Louis Vuitton egasi Bernard Arno egallagandi. Maskning boyligi noyabr oyida 200 milliard dollardan pasaydi. Tesla aksiyalari tushishi tufayli uning boyligi keskin qisqarib, 137 milliard dollarga yetdi. Shu vaqtda Bernard Arnoning oilasining boyligi 184,7 milliard dollarni tashkil etgan bo‘lsa, Maskning boylig 184,5 milliard dollarni (2,45 foizga kamaydi) tashkil etgandi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 50801 | Инструменты