Korrupsiya va terror tergovida hibsga olish talabi bilan Tinchlik sudiga yuborilgan Istanbul shahar hokimi Ekrem Imomo‘g‘li bilan bog‘liq sud qarorlari e’lon qilina boshlandi. Bu haqda CNN Turk xabar berdi.
Istanbul Bosh prokuraturasi tomonidan shahar hokimi Ekrem Imomo‘g‘li va 99 gumonlanuvchiga nisbatan “jinoiy tashkilot yetakchisi bo‘lish”, “jinoiy tashkilotga a’zo bo‘lish”, “tovlamachilik”, “pora olish”, “og‘irlashtirilgan firibgarlik” va “tenderni soxtalashtirish” kabi jinoyatlar bo‘yicha tergov ishlari olib borilgan.
Politsiya bo‘limida ko‘rsatma berilgandan so‘ng, gumondorlarning bir qismi Chag‘layandagi Istanbul sudi binosiga yuborilgan va ularning navbatchi tinchlik sudyaligidagi tartiblari yakunlangan.
Sudya gumonlanuvchilar Ali Ilbak, Adem Tunsay, Ahmet Koksal, Ali Nuhog‘li, Eyup Suboshi, Komil Timur Delibosh, Murat Abbos, Mete Sarialtun, Alper Aydin, Serdal Tashkin, Serkan O‘zturk, Mustafo Nihat Sutlash, Suleyman Atik, Ahmet Chichek, Yusuf Sutlash, Yusuf Ilbak, Servet Go‘kchay, Servet Go‘kcheyni hibsga olishga qaror qilgan.
Gumondorlar Ahmet Palazog‘li, Alihan Aydin, Erjan Saatchi, Alperen Aydin, Bayram Tashkın, Sanan Munuklu, Jemal Ufuk Karakaya, Birsen Shahin va Vahit Do‘g‘anning esa “chet elga chiqishni taqiqlash” va “imzo shaklida sud nazorati chorasi” qo‘yib, ozod qilinishiga qaror qilingan.
“Boshqa gumonlanuvchilarni so‘roq qilish sudyalik binosida davom etmoqda”, deyiladi xabarda.
Alpha version: 0.9.1.19 build 32509 | Инструменты