Huawei 1
JSST yosh toifalarini o‘zgartirdi: yoshlik endi 45 yoshgacha davom etadi

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) tomonidan yosh toifalariga yangi tasnif berildi. Endilikda 45 yoshgacha bo‘lganlar yoshlar qatoriga kiradi. Bu haqda Ukraina Milliy fanlar akademiyasiga qarashli Demografiya instituti direktori Ella Libanova ma’lum qildi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, insoniyatning demografik qarishi va o‘rtacha umr ko‘rish davomiyligining ortishi yosh chegaralarini qayta ko‘rib chiqishga sabab bo‘lgan. Bugungi kunda ko‘plab mamlakatlarda hayot sifati yaxshilanib, odamlar avvalgiga qaraganda uzoqroq va faolroq hayot kechirishmoqda.

JSST tomonidan belgilangan yangi yosh toifalari quyidagicha:
•45 yoshgacha – yoshlik
•60 yoshgacha – o‘rta yosh
•75 yoshgacha – keksalik (preklonnyy vozrast)
•90 yoshgacha – qarilik (starchestvo)
•90 yoshdan yuqoridagilar – uzoq umr ko‘ruvchilar (dolg‘omirlar)

Yosh toifalarining o‘zgarishi nimaga ta’sir qiladi?

Mutaxassislarning fikricha, ushbu o‘zgarishlar nafaqat ilmiy tasnif, balki ijtimoiy siyosat va pensiya tizimiga ham ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Ko‘plab mamlakatlar aholining qarishi fonida pensiya yoshini oshirish masalasini ko‘rib chiqmoqda. Shuningdek, yoshlar va o‘rta yoshdagi insonlar uchun bandlik bozoridagi imkoniyatlar, tibbiy xizmatlar va ijtimoiy dasturlar ham qayta ko‘rib chiqilishi ehtimoli bor.

Bundan tashqari, bu tasnif ijtimoiy stereotiplarni o‘zgartirishi mumkin. Ilgari 40 yoshdan keyin karyera boshlash yoki yangi kasb o‘rganish qiyin deb qaralsa, endilikda 45 yoshgacha bo‘lganlar hanuz yoshlik davrida ekani sababli ta’lim olish, ish joyini o‘zgartirish yoki biznes boshlash uchun kech emas degan tushuncha mustahkamlanishi mumkin.

Biroq ba’zi ekspertlar bu tasnifni faqat ilmiy yondashuv deb hisoblab, real hayotda har bir insonning biologik va psixologik yoshi turlicha bo‘lishi mumkinligini ta’kidlamoqda. Shu sababli, har qanday o‘zgarish amaliyotga joriy qilinishidan oldin batafsil o‘rganilishi kerak.

JSSTning yosh toifalarini yangilashi odamlarning hayot tarzi va umr ko‘rish davomiyligi ortib borayotganini aks ettiradi. Ushbu o‘zgarishlar kelajakda ijtimoiy siyosat, pensiya islohotlari va mehnat bozori uchun muhim ahamiyat kasb etishi mumkin. Endilikda 45 yoshgacha bo‘lganlar hali ham yoshlik davrida ekanini unutmaslik kerak.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 32619 | Инструменты