Huawei 1
Isroil hujum haqida Eronni oldindan ogohlantirgan – OAV

Isroil Eronni yaqinlashib kelayotgan zarba va potensial nishonlar haqida oldindan ogohlantirib, unga javoban hujum qilmaslikka chaqirgan. Bu haqda manbalariga tayanib, “Axios” xabar berdi.

CBS News o‘z manbasiga tayanib, Isroilning Eronga hujumi faqat harbiy nishonlar bilan chegaralangani va yadroviy yoki neft ob’ektlariga taalluqli emasligini xabar qildi.

“Isroilliklar eronliklar uchun odatda qaysi nishonlarga hujum qilishlari va qaysilariga hujum qilmasliklarini oldindan belgilab berishgan”, deyiladi portalda.

Manbalarning ta’kidlashicha, Isroil xabari Isroil va Eron o‘rtasida davom etayotgan hujumlar almashinuvini cheklash va kengroq ziddiyatni oldini olishga qaratilgan.

Portalga ko‘ra, Isroil, shuningdek, Eronni rejalangan hujumga javob bermaslik haqida ogohlantirgan va agar Tehron javob qaytarsa, Tel-Aviv bundan ham kuchliroq hujum bilan javob berishini, ayniqsa tinch aholiga zarar yetkazilishini ta’kidlagan.

Biroq Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyaxuning matbuot xizmati 26 oktyabr kuni Isroil tomoni Eron hududiga tungi havo hujumi arafasida uchinchi shaxslar orqali Tehronni rejalashtirilgan hujum va uning maqsadlari haqida ogohlantirgani haqidagi bir qancha OAV xabarlarini rad etdi.

"Isroil hujumdan oldin Eronni xabardor qilmagan - na vaqt, na nishonlar, na hujum ko‘lami haqida",  deyiladi Netanyaxu idorasi bayonotida.

Avvalroq “Sky News Arabia” telekanali o‘z manbalariga tayanib, Rossiya Eronni yaqinlashib kelayotgan Isroil havo hujumi haqida ogohlantirib, “mintaqadagi keskinlikni kamaytirish” uchun Eron tomoni bilan razvedka ma’lumotlarini o‘rtoqlashgani haqida xabar bergan edi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 102722 | Инструменты