Huawei 1
Isroil Iordanning G‘arbiy sohilidagi to‘rt shaharda yirik amaliyot boshladi

Isroil xavfsizlik kuchlari Iordan daryosining bosib olingan G‘arbiy sohili shimolida keng ko‘lamli amaliyot o‘tkazmoqda. Falastinning to‘rt shahri - Jyenin, Tulkarm, Nablus va Tubasda harbiy harakatlar boshlangan.

Qurbonlar haqidagi ma’lumotlar bir-biriga ters kelmoqda: avvaliga 11 falastinlik halok bo‘lgani aytilgandi, ammo keyinroq boshqa raqamlar keltirildi.

Falastin rasmiylarining so‘nggi ma’lumotlariga ko‘ra, isroillik harbiylarning o‘tgan tunda boshlangan amaliyoti oqibatida kamida to‘qqiz kishi halok bo‘lgan: to‘rt nafari — Al-Faraa qochqinlar lageriga aviazarba oqibatida, yana besh kishi — Jenin va Tulkarmda dronlar zarbasi va qurolli to‘qnashuvlar tufayli.

Bu ma’lumot falastinlik shifokorlar bergan xabarga mos keladi: Tubasdagi shifoxonaga yetti jasad olib kelingan, Jenindagi shifoxona yana ikki jasadni qabul qilib olgan.

Shu bilan birga, Qizil yarim oy jamiyatining Falastindagi vakili qurbonlar soni o‘n nafardan kam emasligi va hatto ko‘proqligini, chunki «tez yordam» mashinalari va shifokorlar ayrim jabrlanganlar oldiga yetib bora olmayotganini aytgan.

Bu amaliyot — ikkinchi intifada (falastinliklarning 2000–2005 yillardagi yirik qo‘zg‘oloni) davridan buyon Falastinning bir vaqtning o‘zida bir necha shahri zarba ostida qolishi bilan bog‘liq ilk holatdir.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 91414 | Инструменты