Huawei 1
Isroil mudofaa kuchlari “Hizbulloh” yetakchisi Hasan Nasrulloh o‘lganini eʼlon qildi

Isroil armiyasi “Hizbulloh” rahbari Hasan Nasrulloh o‘ldirilgani haqida eʼlon qildi. Bundan tashqari, tashkilotning janubiy fronti qo‘mondoni Ali Karchi ham halok bo‘lgan. Harakatning o‘zi rahbarining o‘limini tasdiqlagani yo‘q.

"Aniq razvedka maʼlumotlari asosida Isroil havo kuchlari samolyotlari Bayrutning Dahiya tumanidagi turar joy binosi ostida joylashgan “Hizbulloh”ning markaziy qarorgohiga hujum qildi. Hujum tashkilotning yuqori martabali rahbariyati qarorgohda bo‘lgan vaqtda amalga oshirildi», deyiladi Isroil armiyasi xabarida.

Hasan Nasrulloh 1992-yilda guruhning avvalgi rahbari Abbos al-Musaviy o‘ldirilganidan keyin Hizbulloh bosh kotibi bo‘lgan edi. U 32 yil davomida harakatga rahbarlik qildi.

Avvalroq, Isroilning Livan poytaxtiga hujumi mojaro boshlanganidan beri eng yirigi bo‘lgani haqida xabar berilgan edi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 92816 | Инструменты