Isroil havo kuchlarining G‘azo sektori markaziy qismidagi «Nusayrat» va «Al-Mag‘ozi» qochqinlar lagerlariga uyushtirgan zarbalari natijasida 13 nafar falastinlik, jumladan, ayollar va bolalar halok bo‘ldi, ko‘plab insonlar yaralandi.
«Anadolu» agentligining tibbiy manbalarga tayanib xabar berishicha, Isroilning G‘azo sektori markaziga uyushtirgan havo hujumlaridan so‘ng 13 kishi halok bo‘lgan, ko‘p sonli yaradorlar «Al-Aqso» kasalxonasiga yetkazilgan.
Sog‘liqni saqlash rasmiylarining aytishicha, halok bo‘lganlar va jarohatlanganlar orasida bolalar va ayollar ham bor.
Guvohlarning aytishicha, Isroil jangovar samolyotlari «Nusayrat» va «Al-Mag‘ozi» qochqinlar lagerlaridagi ikkita uyga havo hujumi uyushtirgan, bu vayronagarchilik va katta zararga sabab bo‘lgan.
Guvohlarning qayd etishicha, qutqaruv xizmatlari va tibbiyot guruhlari bedarak yo‘qolganlarni qidirish uchun vayronalar ostida qidirish ishlarini davom ettirmoqda.
Alpha version: 0.9.1.19 build 10517 | Инструменты