Turkiyada hukumatga qarshi namoyishlar davom etmoqda. Muxolifat yetakchisi O'zgur O'zel 2,2 million ishtirokchi borligini aytdi.
Turkiyada 29-mart, shanba kuni muxolifat tomonidan 2028-yilgi saylovlarda prezidentlikka nomzod sifatida ko‘rsatilgan Istanbul hokimi Ekrem Imomo‘g‘lining hibsga olinishi ortidan keng ko‘lamli namoyishlar davom etmoqda. AFP xabariga ko‘ra, Istanbuldagi mitingda yuz minglab odamlar qatnashgan. Eng yirik muxolifatdagi Jumhuriyat Xalq partiyasi (CHP) rahbari O‘zg‘ur O‘zel 2,2 million namoyishchini e’lon qildi.
AFPning qayd etishicha, Maltepe hududida ko‘plab namoyishchilar qo‘llarida Turkiya bayroqlari va Turkiya Respublikasi asoschisi Mustafo Kamol Attaturkning portretlarini ushlab turishgan. Namoyishchilar 2013-yilda Taksim maydonida boshlangan ommaviy norozilik namoyishlariga ishora qilib, “Taksim hamma joyda, qarshilik hamma yerda!” deb hayqirmoqda.
“Bu hali boshlanishi”, deb yozdi CHP rahbari O‘zel ijtimoiy tarmoqda X. Unga ko‘ra, bundan buyon Turkiyada norozilik namoyishlari muntazam ravishda bo‘lib o‘tadi – har hafta oxiri Turkiya viloyatlaridan birida va har chorshanba kunlari Istanbul tumanlaridan birida.
Alpha version: 0.9.1.19 build 40116 | Инструменты