Huawei 1
Italiyaning sobiq prezidenti Jorjio Napolitano vafot etdi

Italiyaning sobiq prezidenti Jorjio Napolitano 98 yoshida Rimdagi shifoxonada vafot etdi. Bu haqda 22-sentabr, juma kuni Italiya hukumatiga tayanib, ANSA agentligi xabar berdi.

Mamlakatning amaldagi bosh vaziri Giorgi Meloni idorasi, boshqa siyosatchilar va Rim papasi Fransisk sobiq prezidentning oilasiga hamdardlik bildirdi.

“Biz u bilan bo’lgan shaxsiy uchrashuvlarimni minnatdorchilik bilan eslayman. Siyosatchining muhim qarorlar qabul qilishini, ayniqsa, mamlakat hayoti uchun og’ir damlarda uning insoniyligi va uzoqni ko’ra bilishini doimo yuqori baholaymiz”, — deyiladi Napolitanoning bevasi Klio Bittoniga yo’llangan telegrammada.

"Italiyani qutqargan kommunist"

Jorjio Napolitano 1925-yil 29-iyunda Neapolda tug’ilgan. Neapol universitetida o’qiyotganda IX maggio fashistlar jurnali bilan hamkorlik qilgan. 1944-yilda Neapol kommunistik tashkiloti bilan aloqa o’rnatib, 1945-yilda Italiya Kommunistik partiyasiga a’zo bo’lgan va turli lavozimlarda ishlagan.

1953-1963 va 1968-1992-yillarda Napolitano Italiya parlamenti quyi palatasining kommunistik fraksiyadan a’zosi, 1992-1994-yillarda “So’l” fraksiyasining Demokratik partiyasidan parlament a’zosi, 1994-1996-yillarda progressist-federalistlar fraksiyasidan a’zosi bo’lgan. 1992-1994-yillarda quyi palata spikeri lavozimida ishlagan.

1996-1998-yillarda Jorjio Napolitano Italiya ichki ishlar vaziri bo’lgan. 2005-yilda esa Italiya faxriy senatori unvonini olgan. U 2006-yilning may oyida mamlakat prezidenti etib saylangan. 2013-yilda 87 yoshli Napolitano bu lavozimga qayta saylandi. 2015-yilda esa iste’foga chiqqan edi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 53109 | Инструменты