Huawei 1
Jahon banki Ukrainaga yana 600 mln dollar ajratadi

Ukraina Jahon banki bilan qariyb 600 million dollarlik shartnomalar imzoladi, ular yangi moliyaviy yordam dasturi doirasida ajratiladi. 

Bu haqda Ukraina bosh vaziri Denis Shmigal Telegram’dagi sahifasida xabar berdi.

Bosh vazirning so‘zlariga ko‘ra, dasturning boshlanishi aprel oyida Vashingtonda bo‘lib o‘tgan uchrashuvlarda kelishilgan. Bugun, 4-noyabr kuni Ukraina Moliya va Iqtisodiyot vazirliklari Jahon banki bilan tegishli kelishuvlarni imzoladi.

Bu kichik va o‘rta biznesni qo‘llab-quvvatlash, “yashil energiya”ga o‘tish, ishbilarmonlik muhitini yaxshilash, raqamlashtirish va yangi bozorlarga chiqishni osonlashtirishga qaratilgan “Barqaror, inklyuziv va ekologik muvozanatlashtirilgan tadbirkorlik” bo‘yicha yangi loyiha ekani bayonotda aytilgan.

Qayd etilishicha, loyiha 2027-yilgacha mo‘ljallangan bo‘lib, dasturning umumiy rejalashtirilgan hajmi 1-milliard dollardan ortiqni tashkil etadi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 110517 | Инструменты