28-oktabr–3-noyabr kunlari “O‘zbekiston respublika tovar-xom ashyo birjasi” AJning barcha savdo platformalarida 3 157,3 mlrd so‘mlik tovarlar sotilgan bo‘lib, bu avvalgi haftaga nisbatan 0,5% ga kamdir. Bunda tuzilgan bitimlarning qariyb 80,6% birja savdolariga, qolgan 19,4% qismi esa elektron tijorat savdo tizimlariga to‘g‘ri keldi.
Birja savdolari
Ko‘rib chiqilayotgan davrda ochiq birja savdolari orqali jami 2 543,7 mlrd so‘mlik tovar resurslari sotildi, shu jumladan:
Sement
Birja savdolari orqali 104 818,0 tonna sement sotildi. O‘rtacha kunlik sotuv hajmlari 21,0 ming tonnani tashkil qildi.
Ko‘rib chiqilayotgan davrda sementning barcha markalari bo‘yicha shakllangan kunlik o‘rtacha narxlar mahsulotning bir tonnasi uchun 537,2 ming so‘mdan 517,9 ming so‘mgacha pasaydi. O‘tkazilgan savdolarda har kuni o‘rtacha 50 ta xaridor ishtirok etdi.
Polietilen
O‘tgan haftada birja savdolariga 2 749,0 tonna polietilen qo‘yildi va ulardan barcha hajmi sotildi. Polietilenning o‘rtacha kunlik sotuv hajmlari 550,0 tonnani tashkil qildi.
Ko‘rib chiqilayotgan davrda polietilenning barcha markalari bo‘yicha shakllangan kunlik o‘rtacha narxlar mahsulotning bir tonnasi uchun 16 141,5 ming so‘mdan 15 418,6 ming so‘mgacha pasaydi. O‘tkazilgan savdolarda har kuni o‘rtacha 70 ta xaridor ishtirok etdi.
Sheluxa
O‘tgan hafta davomida birja savdolariga 9 992,0 tonna paxta chigiti sheluxasi qo‘yildi va uning 5 448,0 tonnasi, yaʼni 54,5% qismi sotildi. O‘tkazilgan savdolarda har kuni o‘rtacha 12 ta xaridor ishtirok etdi.
Ko‘rib chiqilayotgan davrda sheluxa bo‘yicha shakllangan kunlik o‘rtacha narxlar mahsulotning bir tonnasi uchun 3 100,5 ming so‘mdan 2 991,3 ming so‘mgacha pasaydi. Sheluxaning o‘rtacha kunlik sotuv hajmi 1 090,0 tonnani tashkil qildi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 112908 | Инструменты