Surxondaryo viloyati Boysun tumani Omonxona qishlog‘iga “Turizm qishlog‘i” maqomi berildi.
Omonxona qishlog‘ida o‘tkazilgan tantanali marosimda Turizm qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Sardor Niyazov, viloyat va tuman hokimliklari rahbariyati, keng jamoatchilik hamda OAV vakillari ishtirok etdilar.
Boy turistik salohiyatga ega Omonxona qishlog‘ida mahalliy va xorijiy sayyohlarga yuqori sifatda turizm xizmatlari yo‘lga qo‘yilishi tizimli ravishda olib borilmoqda.
Tadbir davomida Boysun tumaniga tashrif buyurgan mehmonlar “Boysun bahori” turizm kompleksida tashkil etilgan an’anaviy “Olma sayli” festivalida ishtirok etdilar. Festival hududning turizm imkoniyatlarini namoyish etish, olma yetishtirish va uning eksportini yanada rivojlantirish hamda bog‘bonlar o‘rtasida tajriba almashish imkonini yaratib berdi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 121301 | Инструменты