Huawei 1
Janubiy Koreya prezidenti mamlakatda yadro qurolini joylashtirishga ruxsat berdi

Janubiy Koreya prezidenti Yun Sok Yol mamlakatda yadro qurolini joylashtirishga ruxsat berdi.

Qayd etilishicha, agar Koreya Xalq Demokratik Respublikasi bilan munosabatlarda vaziyat yomonlashsa, Janubiy Koreya o’z hududida xorijiy yadro qurolini joylashtirishi yoki o’zinikini ishlab chiqishi mumkin.

“Agar Shimoliy Koreyaning yadroviy muammosi jiddiylashsa, biz Janubiy Koreyada taktik yadro qurolini joylashtirishimiz yoki o’z yadro qurolimizni yaratishimiz mumkin”, — dedi prezident.

Eslatib o’tamiz, yanvar oyi boshida prezident Yun Sok Yol Seul va Vashington Amerika yadro qurollari ishtirokida qo’shma mashg’ulotlar tashkil etish imkoniyatini muhokama qilayotganini aytgan edi.

"Yadro qurollari Qo’shma Shtatlarga tegishli bo’lsa-da, razvedka ma’lumotlarini almashish, rejalashtirish va mashqlar birgalikda amalga oshirilishi kerak", degan Janubuy Koreya rahbari.

Shuningdek, prezident mashg’ulotlar Janubiy Koreyaga KXDRdan kelayotgan yadro tahdidiga tayyorgarlik ko’rishda yordam berishi kerak, deya ta’kidlagan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 111417 | Инструменты