Fransiyalik aktyor Jerar Depardye jinsiy zo'ravonlik ayblovlari bilan Parijda hibsga olindi. Bugun, 29-aprel kuni u politsiya bo‘limiga so'roqqa chaqirildi, deb xabar bermoqda BFMTV telekanali.
Jerar Depardye ikki ayol tomonidan jinsiy tajovuzda ayblanmoqda. Ularning soʻzlariga koʻra, birinchi voqea 2014-yilda “Sehrgar va siamliklar” filmi suratga olish maydonchasida, ikkinchisi 2021-yilda “Yashil panjurlar” filmi suratga olish maydonida sodir boʻlgan. 75 yoshli aktyor barcha ayblovlarni rad etadi.
Birinchi ayolning aytishicha, koridorda o‘tirgan Depardye uning oyoqlarini ushlab, “jinsiy zo'ravonlik" qila boshlagan. U ekipaj a'zolaridan yordam so'rab, aktyorni kechirim so'rashga majbur qilgan, ammo filmning qolgan qismida Depardye ayolga haqoratomuz so'zlar ishlatgan.
Ikkinchi shikoyatchining taʼkidlashicha, u avvaliga uni suratga olishga tayyorgarlik koʻrish chogʻida taʼqib qilgan - “ayolga tegajonlik qilib, odobsiz izohlar bergan”, bundan tashqari, suratga olish paytida u ayolga behayo takliflar bilan murojaat qilgan.
Alpha version: 0.9.1.19 build 111720 | Инструменты