Hozirda Suriyada 15 milliondan ortiq odam shoshilinch tibbiy yordamga muhtoj. Bu haqda Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) vakili Margaret Xarris «Anadolu» agentligi bilan suhbatda ma’lum qildi.
Agentlik suhbatdoshi xalqaro hamjamiyatni suriyaliklarga o‘z mamlakatlari uchun og‘ir o‘tish davrini yengib o‘tishda yordam berishga chaqirdi.
«Suriyadagi ko‘plab sog‘liqni saqlash muassasalari zarar ko‘rgan, to‘lib-toshgan yoki yetarlicha moliyaga ega emas. Ular sifatli xizmat ko‘rsatish uchun yetarli resurslarni olmayapti. Shuning uchun biz asosiy xizmatlarni saqlashga alohida e’tibor qaratamiz», dedi u.
Uning so‘zlariga ko‘ra, JSST mamlakatga jarrohlik to‘plamlarini yetkazib berish, shuningdek, borish qiyin bo‘lgan hududlarga shifokorlar brigadalarini jo‘natish bilan shug‘ullangan. «Biz ko‘chirilganlar ko‘p bo‘lgan joylarda tibbiy xizmatdan foydalanish imkoniyatini ta’minlashga harakat qilmoqdamiz. Suriyadagi odamlarni qo‘llab-quvvatlashga harakat qilmoqdamiz, chunki ular zaif va og‘ir davrni boshdan kechirmoqda», - dedi u.
Harris Suriyada sog‘liqni saqlash tizimi juda uzoq vaqtdan beri tanazzulga yuz tutganini ta’kidladi. Uning ta’kidlashicha, mamlakatdagi ko‘plab tibbiyot muassasalari o‘rtachadan past darajada ishlaydi.
JSST vakilining ta’kidlashicha, Suriya sog‘liqni saqlash tizimini tezda tiklash ko‘p jihatdan ushbu sohadagi yuqori malakali mutaxassislarni jarayonga jalb etishga bog‘liq.
Alpha version: 0.9.1.19 build 10515 | Инструменты