Kelajakda katta xavf tug‘dirishi kutilayotgan global muammolar e’lon qilindi

Jahon Iqtisodiy Forumi COVID-19 pandemiyasidan keyingi asosiy global xatarlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni e’lon qildi. Bu haqda Global Risks Report 2024-e’lon yillik hisobotida aytiladi.

Mutaxassislarning ta’kidlashicha, dezinformatsiya, ekstremal ob-havo hodisalari va ijtimoiy qutblanish muammosi yaqin ikki yil ichida birinchi o‘ringa chiqadi.

Uzoq muddatli istiqbolda iqlim o‘zgarishi, biologik xilma-xillikning yo‘qolishi va resurslar tanqisligi asosiy tahdidlar sifatida belgilangan. Shuningdek, har ikki davr uchun xavflar ro‘yxatiga kibertahdidlar, majburiy migratsiya va atrof-muhitning ifloslanishi ham kiritilgan.

Forum ekspertlarining fikricha, dezinformatsiya jamiyat hayotining barcha jabhalariga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Yolg‘on ma’lumotlarning tarqalishi jamiyatning qutblanishiga olib keladi, sog‘liqni saqlash tizimi va ijtimoiy adolatga putur yetkazadi.

Dezinformatsiyaga qarshi kurashish uchun fuqarolar turli ma’lumotlar manbalaridan bepul foydalanishlari kerak. Biroq, bir qator mamlakatlarda senzurani kuchaytirish va internetga kirishni cheklash tendensiyasi kuzatilmoqda, deyiladi hisobotda.

Izohlar: 3
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 72707 | Инструменты