Huawei 1
Kim Chen In Janubiy Koreyani asosiy dushman davlat deb atadi

Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen Inning fikricha, Janubiy Koreya qarama-qarshilik siyosatini olib bormoqda va ushbu mamlakat eng asosiy dushman davlat hisoblanadi. Bu fikrni prezident mudofaa sanoati korxonalariga tashrifi chog‘ida bildirdi, deb xabar beradi Koreya markaziy axborot agentligi.

Kim Chen Inning aytishicha, Shimoliy Koreya “misli ko‘rilmagan ulkan kuch to‘plashda davom etishi” kerak.

"Bu Janubiy Koreya KXDR uchun eng asosiy dushman davlat sifatida tan olinishi kerak bo'lgan tarixiy lahzadir va biz bu haqiqatni tan olamiz", dedi Shimoliy Koreya rahbari.

Eslatib o'tamiz, dekabr oyida Kim Chen In Shimoliy Koreya Qo'shma Shtatlarning "misli ko'rilmagan" qarama-qarshi harakatlariga qarshi turish uchun 2024-yilda urushga tayyorgarlikni tezlashtirishi kerakligini aytgan edi. U Koreya yarim orolini birlashtirishni imkonsiz deb hisoblab, Janubiy Koreya hukumatini "AQSh mustamlaka ma'muriyatining yordamchilari" deb atadi. Bundan tashqari, Shimoliy Koreya Amerika Qo'shma Shtatlariga yadroviy zarba berish bilan tahdid qildi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 52507 | Инструменты