Kim Chen Inning singlisi Janubiy Koreya prezidentini haqorat qildi

KXDR Janubiy Koreya tomonidan ilgari surilgan ziddiyatni yumshatish maqsadida elchilarni jo’natish bo’yicha taklifini rad etdi. Buning o’rniga, Shimoliy Koreya chegara yaqiniga o’z harbiylarini joylashtirdi.

Bir kun avval esa KXDR koreyalararo aloqa binosini portlatib yuborgan edi. Janubiy Koreya armiyasining qo’mondoni Jeon Dong Jin qo’shnisini bunday harakatlardan tiyilishga chaqirdi.

"Bu kabi harakatlar uzoq vaqtdan beri Koreya yarimorolida tinchlik o’rnatish bo’yicha amalga oshirilgan barcha kelishuvlarni yo’qqa chiqarishi mumkin, Shimol esa, bunday harakatlardan to’xtamasa, albatta qilmishiga yarasha oladi”, dedi qo’mondon.

Janubiy Koreya hukumatining matbuot kotibi chorshanba kuni Kim Chen Inning singlisi tomonidan aytilayotgan so’zlar ikki davlat rahbari o’rtasidagi munosabatlarga putur yetkazishini aytdi.

Kim Chen Inning singlisi Kim Yo Chen bir kun avval Janubiy Koreya prezidenti haqida haqoratli so’zlarni aytgan edi. Jumladan, u Mun Chje In “o’z bo’ynini AQSH tomonidan tortilgan arqonga osib qo’ydi” dedi.

E'tiborlisi Shimoliy Koreya rahbari Kim Chen Inning o'zi bir necha kundan beri biror marta omma oldiga chiqish qilmadi.

Izohlar: 6
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish
  • Ulugbek
    2
    Ulugbek 5 yil avval

    Butun dunyo xalqlari birlashadigan bir paytda, bu ishlar ortiqcha

  • Eldor.uz
    2
    Eldor.uz 5 yil avval

    Bu ziddiyat ikki davlatga putur yetkazishi mumkin

  • Boburmirzo
    0
    Boburmirzo 5 yil avval

    Bular jonga tegdi urushda tezroq urushsin.

  • Muhammadqodir
    -1
    Muhammadqodir 5 yil avval

    Bu ketish bòsa urush bòladiyò

    • Qudrat Meyliqulov
      0
      Qudrat Meyliqulov 5 yil avval

      Bu shunchaki siyosiy o'yinlar

  • ISLOM
    99
    ISLOM 5 yil avval

    Yaxshi emas 2qoʻshni davlat urishsa


Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 51013 | Инструменты