Huawei 1
Kim Chen Inning singlisi Kim Yo Chjon ehtimoliy urush sababini aytdi

Koreya yarimoroli va mintaqadagi kuchlar tengligining buzilishi darhol urush boshlanishini anglatadi. Shuning uchun, KXDRning yadro kuchlarini mustahkamlash yo‘nalishi yagona to‘g‘ri tanlov. Bu haqda KXDR Mehnat partiyasi Markaziy qo‘mitasi bo‘limi rahbari o‘rinbosari va mamlakat yetakchisi Kim Chen Inning singlisi Kim Yo Chjon ma’lum qildi.

“Bugun Koreya yarimoroli va mintaqadagi kuchlar tengligining buzilishi – bu darhol urush boshlanishini anglatadi. Bu ob’ektiv haqiqat, uni inkor etib bo‘lmaydi”, dedi Kim Yo Chjon.

U, shuningdek, avvalroq Janubiy Koreya, Yaponiya va AQSH tomonidan o‘tkazilgan “Freedom Edge” mashg‘ulotlarini, Koreya yarim orolida yadro urushi bo‘yicha keng qamrovli operatsiyaga taqlid qiluvchi “Iron Mace” mashg‘ulotlarini va boshqa mashg‘ulotlarni ham qayd etgan. Unga ko‘ra, o‘tgan yilda KXDRga qaratilgan 100 dan ortiq mashg‘ulotlar o‘tkazilgan.

“Shunday xavfli harbiy mashg‘ulotlar sonining sezilarli darajada oshishi nafaqat davlatimiz, balki mintaqa uchun ham jiddiy tahdidga aylandi”, dedi u.

Uning so‘zlariga ko‘ra, “dushmanlarning harbiy isteriyasi kuchayishi” KXDRning o‘z harbiy qudratini rivojlantirish yo‘nalishining to‘g‘riligini va dolzarbligini aniqroq ko‘rsatmoqda.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 120300 | Инструменты