Kongress: AQShda o'lim darajasi 2040-yilga borib tug'ilishdan oshib ketadi

Kongressning Byudjet byurosi dushanba kuni e'lon qilgan hisobotga ko'ra, Qo'shma Shtatlarda o'lim darajasi 2040-yilga borib tug'ilish darajasidan oshib ketadi va muhojirlarning to'g'ri oqimi bo'lmasa, mamlakat aholisi kamayishni boshlaydi.

“Agentlik prognozlariga koʻra, 2040-yildan boshlab oʻlim koʻrsatkichlari tugʻilishdan oshadi. Natijada, immigratsiya yoʻqligi sababli aholi soni kamayishni boshlaydi”, deyiladi Byudjet boshqarmasi hisobotida. Qonun chiqaruvchi organ tarkibidagi ushbu federal agentlik Kongressni iqtisodiy ma'lumotlar, hisob-kitoblar va prognozlar bilan ta'minlaydi.

Hujjat mualliflari fikricha, 2054-yilda AQShning umumiy davlat qarzi yalpi ichki mahsulotning 172 foizini tashkil etadi, yaqin o‘n yil ichida federal qarzi esa 116 foizni tashkil qiladi. 

Ma'lumot o'rnida, o‘tgan yili departament 2053-yilga borib davlat qarzi hajmi YaIMning 181 foizini tashkil etishini bashorat qilgan edi. Hujjatda tushuntirilishicha, ekspertlar prezident Jo Bayden maʼmuriyati tomonidan Amerika iqtisodiyotini barqarorlashtirish boʻyicha koʻrilayotgan qadamlar munosabati bilan kutilgan koʻrsatkichni kamaytirishga qaror qilishgan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 72714 | Инструменты