Koronavirus pandemiyasi Alibaba daromadiga ijobiy ta’sir ko’rsatdi.
Xitoyning Alibaba Group Holding internet giganti juma kuni chorak hisobotini e’lon qildi. Kompaniya vakillarining bergan ma’lumotiga ko’ra, pandemiya sabab butun dunyoda joriy qilingan cheklovlar onlayn-sotuvlar hajmining oshishiga turtki bo’lgan.
Kompaniyaning daromadi to’rtinchi chorakda $16,02 milliard dollarga yetdi. Bir yil avval ushbu raqam $13 millard dollar edi.
Taxlilchilar daromad $15 milliard bo’lishini prognoz qilgan edilar.
Bulutli hizmatlardan tushgan daromad 58%ga o’sdi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 11421 | Инструменты