Huawei 1
KXDR harbiylarini Rossiyaga yuborish haqidagi xabarlarga ilk bor munosabat bildirdi

KXDRning BMTdagi missiyasi Shimoliy Koreya askarlarini Rossiyaga yuborish haqidagi ma’lumotni asossiz mish-mishlar deb atadi.

Shimoliy Koreya delegatsiyasi rahbari, shuningdek, Rossiya bilan munosabatlar “qonuniy va hamkorlikka asoslangan” ekanini aytgan.

“Rossiya bilan harbiy hamkorlik masalasiga kelsak, mening delegatsiyam maqsadi KXDRni qoralash va ikki davlat o‘rtasidagi qonuniy, do‘stona va sheriklik munosabatlariga putur yetkazish bo‘lgan bunday asossiz stereotip mish-mishlarga izoh berishni zarur deb bilmaydi”, dedi Shimoliy Koreya missiyasi vakili Nyu Yorkda Bosh assambleyaning qurolsizlanish va xalqaro xavfsizlik bo‘yicha yig‘ilishda.

Yonhap nashriga ko‘ra, bu Shimoliy Koreya tomonining birinchi rasmiy izohidir. Ushbu bayonot Janubiy Koreya razvedkasining 1,5 ming nafar shimoliy koreyalik askar Uzoq Sharqdagi Rossiya poligonlarida ekanligi haqidagi xabarlar fonida e’lon qilindi. Janubiy Koreya departamenti kelajakda harbiylar Ukrainadagi mojaro zonasiga yuborilishi mumkinligini istisno qilmagan.

Janubiy Koreya razvedkasi matbuot xizmatiga ko‘ra, Shimoliy Koreyaning 1 500 nafar askari allaqachon Uzoq Sharqdagi Rossiya poligonlarida bo‘lib, u yerdan Ukrainaga jo‘nab ketishlari kutilayotgani xabar berilgan

Xususan, razvedka maʼlumotlariga ko‘ra, Shimoliy Koreya harbiy xizmatchilari Vladivostok, Ussuriysk, Xabarovsk va Blagoveshenskda joylashgan bo‘lib, ularga rus kiyim-kechaklari va Rossiyaning qalbaki hujjatlari berilgan.

Uzoq Sharqdagi rossiyalik harbiy manba BBC’ga mazkur ma’lumotlarni tasdiqlagan. U, shuningdek, Shimoliy Koreya harbiylarining bir qismi allaqachon yetib borganini va Ussuriysk yaqinidagi harbiy bazalarga joylashganini ma’lum qilgan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 102311 | Инструменты