Huawei 1
Livandagi vayronalar ostidan “Hizbulloh” yetakchisi vorisining jasadi topildi

Livan poytaxti Bayrutda halok bo‘lgan “Hizbulloh” bosh kotibining vorisi Hoshim Safi ad-Dinning jasadini topdi. Bu haqda Al Hadath xabar berdi.

Jasad El-Mreyji tumanida Livan fuqaro mudofaasi xizmati xodimlari tomonidan aniqlangan. Marhum 27-sentyabr kuni Bayrutda Isroil tomonidan o‘ldirilgan Hasan Nasrullohning o‘rniga asosiy da’vogar hisoblangandi.

Manbalar u 3-oktyabr kuni bunkerga berilgan zarba oqibatida halok bo‘lganini aytmoqda. Qutqaruvchilar vayronalar ostidan Safi ad-Din o‘tkazgan yig‘ilishda qatnashgan 23 nafar “Hizbulloh” a’zosining jasadini olib chiqqan.

Hoshem Safi ad-Din 1964-yilda Livan janubidagi Dayr qonun an-Nahr shahrida tug‘ilgan. U Najaf va Qumda Nasrulloh bilan o‘qigan va 1982-yilda “Hizbulloh”ning hammuassisi bo‘lgan. 

1994-yilda Safi ad-Din o‘sha paytgacha butun guruhni boshqargan Nasrulloh o‘rniga ijroiya qo‘mitasi rahbari bo‘lgan. Al Ghad nashrining yozishicha, Nasrulloh amakivachchasini 2008-yildayoq vafot etgan taqdirida merosxo‘r sifatida tavsiya qilgan.

Al Arabiya nashrining yozishicha, Safi ad-Din 30 yil davomida guruhning maxfiy ishlari bilan shug‘ullangan va umumiy strategiyani ishlab chiqishni Nasrullohga topshirgan. U “Hizbulloh”ning siyosiy, ijtimoiy, madaniy va ma’rifiy faoliyatini nazorat qilishda ishtirok etgan. 2017-yilning may oyida AQSH va Saudiya Arabistoni Safi ad-Dinni terrorchilar ro‘yxatiga qo‘shgandi.

Marhum Hasan Nasrullohning amakivachchasi va AQSH havo hujumi paytida halok bo‘lgan Eron Quds kuchlarining sobiq qo‘mondoni Qosim Sulaymoniyning kuyovi hisoblanadi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 102312 | Инструменты