Litva hukumati harbiy xizmatchilar va qonuniy xodimlariga xizmatdan tashqari Rossiya Federatsiyasi, Belarus va Xitoyga borishni taqiqladi. Bu haqda Litva milliy radio va televideniyesi LRT xabar bermoqda. Ushbu mamlakatlar roʻyxati milliy xavfsizlikka tahdid va xavflarni baholash asosida tuzilgan.
“Milliy xavfsizlik strategiyasida Rossiya Federatsiyasi, Belarus Respublikasi va Xitoy Xalq Respublikasi Litva va uning fuqarolari xavfsizligiga tahdid solayotgani, shu jumladan ushbu mamlakatlar razvedka va xavfsizlik xizmatlari tomonidan Litvaga qarshi josuslik qilayotgani qayd etilgan”, — deyiladi rezolyutsiya loyihasida.
Mudofaa vazirligi maʼlumotlariga koʻra, yuqorida qayd etilgan davlatlar maxfiy maʼlumotlarga kirish huquqiga ega boʻlgan Litva fuqarolari haqida maʼlumot toʻplab, ularning zaif tomonlarini qidirmoqda va ulardan oʻz hududida yoki uchinchi davlatlarda yollash uchun foydalanishga intilmoqda.
Shuningdek, Litva hukumati roʻyxatga kiritilgan xorijiy davlatlar yoki hududlarga faqat ruxsat so'ragan holda borishga rozilik beruvchi holatlar va tartiblarni ham belgilab qoʻygan. U favqulodda vaziyatda yoki yaqin qarindoshlar va turmush o'rtoqlar vafot etgan taqdirda, ota-onalik yoki vasiylik huquqlari va majburiyatlarini amalga oshirishda, shuningdek, sirtdan hal qilinishi mumkin bo'lmagan mulkiy huquqlar masalalarida berilishi mumkin.
Alpha version: 0.9.1.19 build 41104 | Инструменты