Huawei 1
Lukashenko chegaralarni mustahkamlamoqda

Belarus Respublikasi prezidenti Aleksandr Lukashenko, o’zining 26 yillik davlat boshqaruvi davomida birinchi bor eng jiddiy nizolarga duch keldi va bir oydan ortiq davom etgan minglab norozilik namoyishlari tufayli mamlakat chegarasini Litva, Polsha va Ukraina uchun yopishni buyurdi.

"Biz birinchi navbatda Polsha va Litva bilan chegarani yopishga majburmiz", dedi Lukashenko Minskda bo’lib o’tgan forumidagi nutqida.

Davlat rahbari g'arbdan uyishtirilishi mumkin bo'lgan harbiy tajovuzni istisno qilmasligini aytdi.

Payshanba kuni Yevropa parlamenti Belarus saylovlarining natijalarini tan omasligini va Belarus hukumatiga qarshi sanksiyalarni joriy etishini aytdi.

Yevropadagilarning aytishicha, noyabr oyidan so’ng Lukashenko ular uchun Belarus prezidenti emas.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga