Huawei 2
Lukashenko saylovlardagi raqibini korrupsiyada aybladi

Belarus respublikasi prezidenti Aleksandr Lukashenko o’zining asosiy raqibi bo’lgan Viktor Babarikoni korrupsiyaga aloqadorlikda aybladi. Siyosatchilar 9 avgustga rejalashtirilgan saylovlarda ularni asosiy raqib bo’lishi mumkin   deb hisoblashmoqda.

Mamlakatning Davlat nazorat qo'mitasi Gazprombankning sho’ba korxonasi bo’lgan Belgazprombank bosh idorasida tintuv o'tkazdi. Babariko saylovda ishtirok etish istagini e’lon qilgunga qadar ushbu kompaniyani boshqarib kelardi.

Qo’mita, uning soliq to'lashdan bo'yin tovlash va noqonuniy daromadlarni o’zlashtirish bo'yicha jinoiy ishga aloqador emasligini aytdi.

Biroq, Lukashenko Babarikoni ushbu jinoyatlarga aloqadorlikda aybladi va "yaramas" kabi so’zlar bilan xaqoratladi, shuningdek, davlat idorasi ham jinoyatda ishtirok etayotganini isbotlaganini aytdi.

"Ularning tili bir”- dedi Belarus prezidenti.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga