Huawei 2
Lukashenkoning saylovdagi raqiblari qayerga g’oyib bo’lmoqda?

Belarus Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi seshanba kuni hibsga olingan sobiq bankir Viktor Babariko va IT parkining asoschisi Valeriy Sepkaloni prezidentlik saylovlaridagi nomzodlik ro’yxatidan olib tashladi. Mahalliy kuzatuvchilar bu ikki amaldorni amaldagi prezident Aleksandr Lukashenkoning eng jiddiy raqiblari deb hisoblagan edilar.

Iyun oyida iqtisodiy jinoyatlar bo’yicha gumonlanib hibsga olingan Babariko mustaqil nomzod sifatida 400.000 tadan ortiq imzo yig’ib rekord o’rnatgan edi.

Babarikoning tarafdorlari bu qarorni noqonuniy deb hisoblamoqdalar, chunki mamlakat qoidalariga ko'ra, nomzod uning aybi sudda isbotlanmaguncha saylovlarda ishtirok etishga xaqlidir.

Har ikkala nomzodning tarafdorlari ham sudga shikoyat qilish niyatidalar.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga