Fransiya prezidenti Emmanuel Makron 30 davlat Ukraina xavfsizligini ta’minlashda ishtirok etishga tayyorligini ma’lum qildi. U qo‘shinlar front chizig‘ida joylashishi shart emasligi, biroq ular kafolat sifatida hozir bo‘lishini ta’kidladi. Bu haqda Fox News xabar berdi.
Men Yevropaning 30 yetakchisi va ittifoqchilarimiz bilan gaplashdim, ularning ko‘pchiligi bunday bitimning bir qismi bo‘lishga, u yoki bu ko‘rinishdagi xavfsizlik kafolatlariga tayyor, dedi u.
Fransiya prezidentiga ko‘ra, bu davlatlar Rossiya kelishuvlarni buzgan taqdirda AQShdan qo‘llab-quvvatlash signalini kutmoqda. Bunga qadar Fransiya prezidenti Ukraina uchun xavfsizlik kafolatlarini muhokama qilish maqsadida Yevropa yetakchilarini ikki marta — 17 va 19-fevral kunlari yig‘gan edi.
Bunga AQShning yangi rahbariyati vakillarining tanqidiy bayonotlar sabab bo‘lgan. Xususan, Myunxen xavfsizlik konferensiyasi AQSh prezidentining maxsus elchisi Kit Kellog Ukrainadagi mojaroni hal etish bo‘yicha muzokaralarda Yevropa Ittifoqi jismonan ishtirok etmasligini aytgan.
Makron 24-fevral kuni AQSh prezidenti Donald Tramp bilan Ukraina bo‘yicha muzokaralar o‘tkazish uchun Vashingtonga keldi, keyinroq Britaniya bosh vaziri Kir Starmer AQShga tashrif buyuradi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 22513 | Инструменты