Huawei 1
Makron Durovning Fransiyaga kelishidan xabari yo‘qligini va u bilan uchrashish niyatida emasligini aytdi

Fransiya prezidenti Emmanuel Makron 29 avgust, payshanba kuni Serbiyaga tashrifi chog‘ida Telegram asoschisi Pavel Durovning Fransiyaga "taklif etilgani haqidagi" ma’lumotni rad etdi. Bu haqda Fransiya OAV, jumladan, Le Figaro gazetasi va BFMTV telekanali xabar berdi.

"Mamlakatimizda hokimiyat bo‘linishi bor, men uning kelishidan bexabar edim. Bu oddiy hol. Taklifnoma rasmiylashtirganim yolg‘on", - deya Makronning so‘zlarini keltiradi BFMTV.

Avvalroq, 27 avgust kuni Le Canard enchaîné satirik gazetasi 24 avgust kuni Parijdagi Le Burjye aeroportida qo‘lga olinganida Pavel Durov Makron bilan kechki ovqatga borishi kerakligini aytganini yozgan edi.

Makron Durovning Fransiya fuqaroligi haqida

29 avgust kuni Belgradda o‘tkazilgan matbuot anjumanida Makron Durovga Fransiya fuqaroligini berishni "mutlaqo maqbul" deb bilishini ham ta’kidladi. Le Figaro prezidentning so‘zlaridan iqtibos keltirishicha, fuqarolikka qabul qilish qarori "fransuz tilini o‘rganishga harakat qiladigan" va "dunyoda porlayotgan" "ayollar va erkaklar" uchun "to‘liq qabul qilingan strategiya"ning bir qismidir.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 91416 | Инструменты