Huawei 1
Makron Lekornuni Fransiya bosh vaziri etib qayta tayinladi

Fransiya bosh vaziri lavozimidan to‘rt kun oldin iste’foga chiqqan Sebastyan Lekornu 10-oktabr, juma kuni kechqurun Fransiya prezidenti Emmanuel Makron tomonidan yana bu lavozimga tayinlandi. Yelisey saroyi veb-saytiga ko‘ra, Lekornu hukumatni shakllantirish vazifasini olgan.

Lekornu: Biz Fransiyadagi siyosiy inqirozni tugatishimiz kerak

Sebastyan Lekornu 2026-yilgi davlat byudjeti bo‘yicha kelisha olmagani uchun iste’foga chiqdi. Bosh vazir lavozimiga qayta tayinlanganidan so‘ng siyosatchi ijtimoiy tarmoqdagi X sahifasida shunday deb yozdi: “Men o‘z burchimni his qilgan holda, respublika prezidenti menga yuklagan vazifani qabul qilaman: Fransiya yil oxirigacha byudjet olishini ta’minlash va vatandoshlarimizning kundalik muammolariga javob berish uchun barcha imkoniyatlarni ishga solish”.

"Biz fransuzlarni g'azablantiradigan siyosiy inqirozni va Fransiyaning obro'si va manfaatlariga putur etkazadigan beqarorlikni tugatishimiz kerak", deb qo'shimcha qildi Lekornu.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 101113 | Инструменты