Huawei 1
Makron: Parij Olimpiadasida Rossiya bayrog'iga o'rin yo'q

Fransiya prezidenti Emmanuel Makron Rossiya delegatsiyasining 2024-yilda o’tkaziladigan Parijdagi Olimpiada o’yinlarida ishtirok etishiga qarshi chiqdi.

"Parijdagi Olimpiya o'yinlarida Rossiya bayrog'i bo'lishi mumkin emas. Urush jinoyatlarini sodir etayotgan Rossiyaning Olimpiadada o’rin yo’q”, — dedi Makron L’Equipe gazetasiga bergan intervyusida.

Uning so’zlariga ko’ra, rossiyalik sportchilarning Olimpiada o’yinlaridagi individual ishtiroki haqidagi qarorni Xalqaro olimpiya qo’mitasi hal qiladi.

“Olimopiya olami hal qilishi kerak bo’lgan asosiy masala - rossiyalik sportchilarga qanday joy berish kerakligi. Ular ba'zan butun umrlarini tayyorgarlik bilan o’tkazadi va hozir esa vaziyat qurboniga aylanishmoqda”, dedi Fransiya rahbari.

Shuningdek, Makron rossiyalik sportchilarning Fransiya poytaxtida bo’lib o‘tadigan Olimpiada o’yinlarida ishtirok etishi masalasini siyosiylashtirmaslik kerakligini ta’kidladi.

Eslatib o’tamiz, 13-iyul kuni Xalqaro olimpiya qo’mitasi (XOQ) matbuot xizmati 26-iyul kuni 203 ta Milliy olimpiya qo’mitasiga 2024-yilgi Olimpiya o’yinlariga taklifnoma yuborishini ma’lum qilgan edi. Rossiya va Belarus Olimpiya qo'mitasi bu raqamga kiritilmagan. Xuddi shunday qaror Ukrainadagi mojaro tufayli XOQ tomonidan Rossiya va Belarus sportiga joriy qilingan sanksiyalar munosabati bilan ham qabul qilingan edi.

Ma’lumki, Parij 2024-yil 26-iyuldan 11-avgustgacha bo’lib o’tadigan XXXIII yozgi Olimpiya o’yinlariga mezbonlik qiladi. Ammo, futbol va regbi musobaqalari 24-iyulda, gandbol musobaqasi esa 25-iyul sanasida boshlanadi. Qariyb to’rt hafta mobaynida 32 ta sport turi bo'yicha 329 ta sovrinlar to'plami o'ynaladi. Unda 206 ta Milliy olimpiya qo’mitalari va qochinlar olimpiya terma jamoasi ishtirok etadi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 10523 | Инструменты